Koreya NATOning Ukrainaga qurol yetkazib berish dasturiga qo‘shilishi mumkin

Olam

image

Janubiy Koreya Ukrainaga turli yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda, shu jumladan Kiyevga qurol yetkazib berish bo‘yicha NATO tashabbusi – Prioritized Ukraine Requirements List (PURL) dasturiga qo‘shilishni ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda diplomatik manbaga tayanib, “Yonhap” xabar berdi. 

Prioritized Ukraine Requirements List (Ukrainaning afzal talablar ro‘yxati) dasturi NATO tomonidan 2025 yil iyulda ishga tushirilgan. Bu tashabbus AQSH Prezidenti Donald Tramp Kiyevga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordamni qisqartirar ekan, paydo bo‘lgan. PURL orqali hamkor mamlakatlar AQSHda ishlab chiqarilgan muhim qurol-yarog‘ va jihozlarni sotib olishni moliyalashtirishi mumkin. Moliyalashtirish maxsus NATO jamg‘armasi orqali muvofiqlashtiriladi. Xususan, ushbu mexanizm orqali Kiyev Patriot tizimlari uchun zenit raketa oladi.

Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, hatto ijobiy qaror qabul qilinsa ham Seul hissasi uchmas qurol-aslahalar bilan cheklanadi.

Bungacha NATOga a’zosi bo‘lmagan Yaponiya ham PURL dasturiga qo‘shilishini e’lon qilgan. NHK manbalariga ko‘ra, Tokio Ukraina uchun radiolokatsiya tizimlari va zirhli kiyimlar xarid qiladi. NATO bu qadamni “muxim rivojlanish” deb baholagan. Shuningdek, dasturda Avstraliya va Yangi Zelandiya ham ishtirok etmoqda, ular ham Shimoliy Atlantika alyansiga kirmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vengriya Yevropa Ittifoqining Ukrainaga 90 milliard yevro miqdorida kredit ajratish to‘g‘risidagi qarorini to‘sib qo‘ygani haqija xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Janubiy Koreya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing