San’at va siyosat to‘qnashganda: Rossiyaning Venetsiyadagi ishtiroki bahs uyg‘otdi

Olam

image

Rossiyaning 2026 yilda “Venetsiya biyennalesi” xalqaro san’at ko‘rgazmasida ishtirok etishi haqidagi qaror Yevropa siyosatchilari va madaniyat vakillari orasida keskin bahslarga sabab bo‘lgan. Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan beri Moskva mazkur nufuzli madaniy tadbirda qatnashmayotgan edi. Bu haqda “Euronews” yozdi.

Italiya hukumati RF ishtirokini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirgan. Litva Tashqi ishlar vaziri bu qarorni “qabul qilib bo‘lmaydigan holat” deb atagan. Yevropa parlamenti deputatlari ham tashkilotchilarga murojaat qilib, bunday qadam agressor davlatni madaniy maydon orqali “oqlash” xavfini tug‘dirishini ta’kidlagan.

2022 yilda Ukrainadagi urush boshlanganidan keyin biyennale Rossiya hukumatiga bog‘liq shaxslarni tadbirdan chetlatgan, ammo mamlakat ishtirokini rasman taqiqlamagan. Shundan keyin Moskva ko‘rgazmada qatnashmagan va 2024 yilda o‘z pavilonini Boliviyaga ijaraga bergan.

2026 yilgi ko‘rgazma 9 maydan 22 noyabrgacha o‘tkaziladi. Rus pavilonida “Osmonda ildiz otgan daraxt” nomli san’at loyihasi namoyish etilishi rejalashtirilgan. Loyihada turli mamlakatlardan 38 nafar yosh musiqachi, shoir va faylasuf ishtirok etadi.

Biroq tanqidchilar fikricha, Rossiyaning bu tadbirga kiritilishi siyosiy jihatdan bahsli qaror bo‘lib, Moskva xalqaro madaniy maydonga qayta qabul qilinayotgani haqida signal sifatida talqin qilinishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Litva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing