Koreyadagi metall zavodida 50 yoshli o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 8 mart kuni Janubiy Koreyaning Chungnam provinsiyasi Sosan shahri, Jigok-meon tumanidagi metall eritish zavodida 50 yoshli o‘zbekistonlik ishchi yuk ko‘targich (forklift) bilan to‘qnashib, materiallar ostida qolib halok bo‘ldi. Politsiya va mehnat organlari hodisa yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda “Yonhap” xabar berdi.

Chungnam politsiya departamenti va boshqa manbalarga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan kecha, soat 21:46 atrofida Seosan Autovalley sanoat zonasidagi zavodda ishlayotgan 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi yuk ko‘targich bilan urilib ketishi oqibatida ish materiallari ostida qolib ketgan.

Ushbu baxtsiz hodisa oqibatidaA. yurak to‘xtashi holatida qutqarilib, 119 tez yordam xizmati tomonidan yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazilgan, biroq u vafot etgan.

Mazkur zavod doimiy ishchilari soni 5 kishidan ortiq bo‘lgani sababli, “Og‘ir sanoat baxtsiz hodisalarini jazolash to‘g‘risida”gi qonun doirasiga kirishi ma’lum qilingan.

Politsiya va mehnat organlari yuk ko‘targich haydovchisi harakat davomida oldinda turgan A. ni ko‘rmay qolgani sababli to‘qnashuv yuz bergan deb hisoblamoqda va hodisaning aniq tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan Turkiyaning Balikesir shahriga borgan Dilafro‘z Cho‘liyeva izsiz g‘oyib bo‘lgach, yaqinlari tomonidan qidiruvga berilgani aytilgandi. Keyinroq, Turkiyaning Balikesir viloyatida bo‘sh maydondan topilgan jasad 21 yanvardan buyon qidiruvda bo‘lgan 46 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Dilafro‘z Cho‘liyevaga tegishli ekani aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Chungnam Seosan Autovalley

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing