Koreyaga ishga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar 408 ming dollarga “uxladi”

Olam

image

Koreya davlatiga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “K.M.” nodavlat ta’lim muassasasi ta’sischisi X.Sh. (muqaddam sudlangan) va boshqalar o‘zaro til biriktirib, 6 ta viloyatda yashovchi 63 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Janubiy Koreya Respublikasiga ishga yuborishlarini aytgan hamda jami 408 800 dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Esatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax va Samarqand viloyatlarida Isroilga, Buxoroda esa Bolgariya va Litva ishga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing