Krouford WBC kamaridan mahrum etildi

Sport

image

Butunjahon boks kengashi (WBC) Terens Kroufordni supero‘rta vazn toifasidagi chempionlik kamaridan mahrum qilindi. Tashkilot bu qarorga amerikalik bokschi so‘nggi ikki jangida belgilangan sanksiya to‘lovlarini amalga oshirmagani sababli kelgan. Bu haqda “Talk sport" nashri xabar berdi.

WBC prezidenti Maurisio Sulaymonning aytishicha, Krouford joriy yilning sentyabr oyida Saul “Kanelo” Alvaresga qarshi jang uchun 50 million dollar ishlab topgan va jangga ruxsat berilishi uchun gonorarining 0,6 foizini (300 ming dollarni) tashkilotga to‘lashi kerak edi. Biroq Krouford bu to‘lovni to‘lamagan. Krouford 2024 yilning avgust oyida supero‘rta vaznda Isroil Madrimov ustidan qozongan g‘alabasi uchun ham sanksiya to‘lovini rad etgan. Shu tariqa, WBC'ning supero‘rta vazn toifasidagi chempionlik unvoni bo‘sh qoldi.

WBC qaroriga ko‘ra, endi muvaqqat chempion Kristian M’Billi va britaniyalik Hamza Shiraz bo‘sh turgan jahon chempionligi uchun jang qiladi.

 Lester Martines esa keyinroq g‘olib bilan majburiy da’vogar sifatida to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

WBC Terens Krouford chempionlik kamari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing