Benavides Bivol bilan jang qilishni xohlayotganini aytdi
Sport
−
06 may 788 1 daqiqa
Amerikalik bokschi Devid Benavides yil oxirigacha mutlaq jahon chempionligi uchun rossiyalik Dmitriy Bivolga qarshi jang qilish niyatini ma’lum qildi. Bu haqda u Ariel Xelvanining YouTube kanaliga bergan intervyusida so‘z ochdi.
Bivol 2025 yil fevral oyida yarim og‘ir vazn toifasida so‘zsiz jahon chempioni bo‘lgandi. Keyinchalik u Jahon boks kengashi (WBC) kamaridan mahrum qilindi va ushbu kamar Benavidezga topshirildi.
“Men Dmitriy Bivolga qarshi jang qilmoqchiman – aynan shu jangni xohlayman. Muzokaralar davom etmoqda va hozircha nima bo‘lishini aniq bilmayman. Uning oldinda jangi bor, keyin esa tanaffus qiladimi yoki jarohat oladimi – bu ham noma’lum. Agar jang sentyabr oyida o‘tsa, juda yaxshi bo‘lardi. Bo‘lmasa, yil oxirigacha albatta tashkil etiladi”, dedi Devid Benavides.
35 yoshli Bivol professional ringda 24 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Joriy yilning 30 may kuni u Yekaterinburgda germaniyalik bokschi Maykl Eyfertga qarshi Xalqaro boks federatsiyasi (IBA) chempionlik kamarini himoya qiladi.
29 yoshli Benavidec esa faoliyati davomida 32 ta g‘alabaga erishgan (shundan 26 tasi nokaut bilan) va hozircha birorta ham mag‘lubiyatga uchramagan.
Live
Barchasi