Kuba Prezidenti AQSH bilan muloqotga tayyorligini bildirdi
Olam
−
06 aprel 2578 1 daqiqa
Kuba Prezidenti Migel Dias-Kanel Bermudes amerikalik kongressmenlar bilan muzokaralar o‘tkazib, AQSH bilan muloqotga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
“AQSH kongressmenlari Pramila Jayapal va Jonatan Jeksonni qabul qila turib, men qamal (blokada) tufayli yetkazilgan jinoiy zararni, xususan, AQSHning amaldagi ma’muriyati tomonidan joriy etilgan energetika embargosi oqibatlarini va ularning yanada agressiv harakatlar haqidagi tahdidlarini qoraladim”, deydi Bermudes.
U shuningdek, AQSH bilan muloqot qilishga roziligini bildirgan.
“Men hukumatimiz jiddiy va mas’uliyatli ikki tomonlama muloqotga hamda mavjud kelishmovchiliklarga yechim izlashga tayyorligini yana bir bor tasdiqladim”, deydi Kuba rahbari.
Bundan oldin Kubaning BMTdagi doimiy vakili Ernesto Soberon Gusman mamlakat AQSHni “tinchlantirish” uchun Prezidentni lavozimidan chetlatish va siyosiy tuzumni o‘zgartirishni ko‘rib chiqmayotganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kuba hukumati AQSH bosimi bilan “insonparvarlik va xalqaro bag‘rikenglik” siyosati doirasida 2 010 nafar mahbusni ozod qilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi