Kubada ham favqulodda holat e’lon qilindi
Olam
−
31 yanvar 6577 2 daqiqa
Kuba Tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges Parrilya 29 yanvar kuni AQSH Prezidenti Donald Tramp tomonidan chiqarilgan tarif tahdidlari haqidagi farmonga javoban, Kubada “xalqaro favqulodda holat” e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining X sahifasida yozdi.
Rodriges X tarmog‘ida AQSH hukumati bilan bog‘liq hozirgi vaziyatni Kuba xalqi xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda “g‘ayrioddiy va favqulodda tahdid” deb baholayotgani, bu tahdid esa to‘liq “AQSHdagi Kubaga qarshi neofashistik o‘ng qanot”dan kelayotganini ta’kidlagan.
Vazirning aytishicha, ushbu tahdid ,nafaqat barcha davlatlarning milliy xavfsizligi va tashqi siyosatiga, balki xalqaro tinchlik va xavfsizlikka, shuningdek yadroviy tahdidlar va iqlim o‘zgarishi sharoitida insoniyatning omon qolishiga ham xavf solmoqda.
“AQSH 67 yildan buyon Kubaga nisbatan kuch ishlatish va tajovuz orqali suveren davlatlarning huquqlariga o‘z irodasini o‘tkazishga urinib kelmoqda. Biz Kubani himoya qilamiz. Bizni biladiganlar bu qat’iy, aniq va amalda isbotlangan majburiyat ekanini yaxshi biladi”, deb yozadi Rodriges.
Eslatib o‘tamiz, 28 yanvar kuni Donald Tramp Kuba mamlakatidan tahdid mavjudligi sabab AQSHda favqulodda holat rejimini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. Farmonga ko‘ra, endilikda Qo‘shma Shtatlar Kubaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita neft yetkazib beradigan har qanday davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga qo‘shimcha bojlar joriy etishi mumkin.