Kubada chivin chaqishidan 33 kishi vafot etdi

Olam

image

Kubada chivinlar orqali yuqadigan kasalliklardan 33 kishi vafot etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu o‘limlar va hali ham davom etayotgan epidemiya Kubaning sog‘liqni saqlash tizimi uchun yana bir katta zarba bo‘lgan. Mamlakatda uzoq davom etayotgan iqtisodiy inqiroz tufayli oziq-ovqat, yoqilg‘i va dori-darmon yetishmovchiligi kuchaygan, tibbiyot tizimi og‘ir ahvolda.

Denge isitmasi Kubada uzoq yillardan beri muammo bo‘lib kelmoqda. Ammo hozirgi vaziyat buni yanada og‘irlashtirgan. Mablag‘ va yoqilg‘i tanqisligi hukumatga yo‘llarni dezinfeksiya qilish, chiqindilarni yig‘ishtirish va suv sizib chiqayotgan quvurlarni ta’mirlashga xalal bermoqda. Chikungunya esa ilgari kam uchrar edi, ammo so‘nggi oylarda tez tarqala boshladi.

Chikungunya uchun maxsus davolash usuli yo‘q, u asosan Aedes chivinlari orqali tarqaladi, shuningdek, ular denge va zika tashuvchisi ham hisoblanadi.

Chikungunya kuchli bosh og‘rig‘i, toshmalar va bo‘g‘imlardagi og‘riqni keltirib chiqaradi, ular infeksiyadan keyin oylar davomida saqlanib qolishi mumkin. Bu esa uzoq muddatli nogironlikni keltirib chiqaradi, kamdan-kam hollarda o‘limga olib keladi.

Kubaning ikki yirik shahrida – Gavana va Santyagoda so‘nggi haftalarda kasallanishning eng yuqori ko‘rsatkichlari qayd etilgan. Kuba Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Karilda Penya Garsiyaning ma’lum qilishicha, o‘tgan hafta 5 717 ta yangi chikungunya holati qayd etilgan. Rasmiylar ko‘plab holatlar ro‘yxatga olinmay qolayotgani, chunki bemorlarning aksariyati shifokorga murojaat qilmasligini aytgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti iyul oyida Hind okeani mintaqasi bilan bog‘liq yangi o‘choqlar Yevropa va Amerikaga tarqalmasligi uchun shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar Islandiya davlatida tarixda birinchi marta chivin aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Kuba chivin chaqishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing