“Kuyov”ning onasi “Sanjik”dan $300 ming talab qildi
3-sahifa
−
01 may 9333 2 daqiqa
Bugun, 1 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida “Real Sanjik” taxallusi bilan tanilgan bloger Sanjar Karimovga oid jinoyat ishi yuzasidan navbatdagi ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur ish doirasida Alimboyevlar oilasini aldab, uyini olib qo‘ygan Shahzod Rismatovning onasi Sanjar Karimovdan 300 ming dollar talab qildi. Bu haqda sud jarayonida qatnashgan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
Sud tergovi yakuniga yetgani sababli, raislik qiluvchi sudya Bahrom Berdiyev tomonlarga yakuniy muhokama uchun so‘z berdi.
Majlisda jabrlanuvchi Shahlo Alimbayeva uy-joyni qaytarib olgani bois, Sanjar Karimovga nisbatan hech qanday da’vosi yo‘qligini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, jabrlanuvchi Feruza Rahmatullayevaga so‘z berildi. U o‘g‘li Shahzod Rismatov 220 ming AQSH dollari evaziga garovga qo‘ygan ikki dona BMW rusumli avtomobil bo‘yicha yetkazilgan zararni qoplash uchun Sanjar Karimovdan 300 ming AQSH dollari undirishni so‘radi.
Shuningdek, davlat ayblovchisi, Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori o‘rinbosari Saparov Navruzbek Abduxashimovich suddan ayblanuvchiga nisbatan bir qator moddalar bo‘yicha jazo tayinlashni so‘radi. Jumladan, Jinoyat kodeksining 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish) 1-qismi bo‘yicha BHMning 25 barobari miqdorida jarima, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi bo‘yicha BHMning 500 barobari miqdorida jarima hamda 273-modda (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bo‘yicha 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi talab qilindi.
QALAMPIR.UZ tez orada ushbu sud majlisidan batafsil videoreportajni taqdim etadi. Ko‘rsatuvni YouTube kanalimizda tomosha qilishingiz mumkin.
Live
Barchasi