Laporta qayta saylanmasa, Flik jamoani tark etishi mumkin
Sport
−
06 mart 902 1 daqiqa
“Barselona” klub prezidenti etib Joan Laporta qayta saylanmasa, “Barselona” bosh murabbiyi Xans-Diter Flik jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis “Barselona” bilan shartnomasini uzaytirishga qiziqmoqda. Flik shaharni, klubni va uning muxlislarini yaxshi ko‘radi. Biroq murabbiy o‘z kelajagini aynan Joan Laportaning klubdagi lavozimi bilan bog‘lamoqda va jamoa strategiyasini shakllantirishda u bilan ishlashni istaydi.
Qayd etilishicha, agar Laporta 15 mart kuni bo‘lib o‘tadigan saylovda “Barselona” prezidenti etib qayta saylanmasa, Flik yozda yoki amaldagi shartnomasi 2027 yilda yakunlangach klubni tark etishi mumkin.
Ma’lumot uchun, ayni paytda Ispaniya chempionatida 26 ta turdan so‘ng Filk boshchiligidagi “Barselona” jamoasi 64 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida “Real Madrid”dan to‘rt ochko oldinda peshqadamlik qilmoqda.
Live
Barchasi