“Barselona”ning ikki himoyachisi jarohat sabab safdan chiqdi
Sport
−
05 mart 718 2 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi “Atletiko Madrid”ga qarshi o‘yinda ikki futbolchisini jarohat sabab yo‘qotdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kataloniyaliklarning qanot himoyachilari Alexandro Balde va Jyul Kunde har ikkalasi ham son mushaklaridan jarohat olgan.
Fransiyalik himoyachi Kunde “Atletiko Madrid” bilan o‘yinda maydonda atigi o‘n daqiqa harakat qildi. U o‘ng oyog‘ining orqa qismida keskin og‘riqni his qilib, yerga yiqilgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgach, jarohat jiddiy bo‘lishi mumkinligini anglab, o‘zi kiyinish xonasiga yo‘l olgan.
Oradan ko‘p o‘tmay, Balde ham shunga o‘xshash muammoga duch kelgan. Mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra, uning jarohati Kundenikidan ham og‘irroq bo‘lishi mumkin va u bir necha hafta davomida maydonga tusha olmasligi ehtimoldan xoli emas.
Kundening jarohati bo‘yicha dastlabki baholar biroz ijobiyroq. Taxminlarga ko‘ra, u o‘ng son mushagidagi kichik yirtilishdan aziyat chekkan bo‘lishi mumkin. Bu esa uning Chempionlar ligasi uchrashuvlarida qatnashishiga to‘sqinlik qilmasligi ehtimolini saqlab qolmoqda.
Ma’lumot uchun, Jyul Kunde joriy mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Alexandro Balde esa 34 ta uchrashuvda qatnashib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Live
Barchasi