“Liverpul” 14 yillik antirekordinii takrorladi

Sport

image

Bugun, 9 aprelga o‘tar kechasi Angliyaning “Liverpul” jamoasi Yevropa Chempionlar ligasi chorak final dastlabki uchrashuvida “Pari-Sen Jermen” mehmoni bo‘ldi. Unda mersisaydliklar 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ushbu mag‘lubiyat klub uchun mehmondagi ketma-ket to‘rtinchisi bo‘ldi. Slot boshchiligidagi jamoa bungacha “Galatasaroy” (0:1), “Brayton” (2:1), “Manchester Siti” (4:0) jamoalariga mehmonda mag‘lub bo‘lgandi. Shu tariqa jamoa 2012 yildan beri ilk bor ketma-ket 4 mehmon o‘yinida mag‘lubiyatga uchradi.

Ma’lumot o‘rnida, PSJ bilan javob o‘yini joriy yil 14 aprel kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh ushbu mavsum so‘ngida jamoadan ketishini ma’lum qilgandi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Liverpul' antirekord

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing