“Liverpul”ning yana bir afsonasi yozda klubni tark etadi
Sport
−
10 aprel 981 1 daqiqa
Angliyaning “Liverpul” klubi himoyachisi Endryu Robertson mavsum so‘ngida jamoani tark etadi. Bu haqda Mersisayd klubi ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida e’lon qildi.
Shotlandiyalik futbolchi “Liverpul” safiga 2017 yilda “Xall Siti” safidan kelib qo‘shilgandi va shu vaqt ichida u “qizillar” safida jami 372 o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol kiritdi va 76 bor jamoadoshlariga golli uzatma berdi. Shuningdek, u jamoasi bilan Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi, Qit’alararo kubok (klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati), Angliya Premer-ligasi (ikki bor), Angliya kubogi, Angliya Liga kubogi (ikki bor) va Angliya Superkubogida zafar quchdi.
Ma’lumot o‘rnida, “Liverpul” YeCHLda yurishini davom ettirmoqda. Jamoa chorak final dastlabki o‘yinida “Pari-Sen Jermen”ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Klublarning javob o‘yini 14 aprel kuni “Enfild”da bo‘lib o‘tadi.
Ramazon Usanov
Live
Barchasi