“Liverpul” 1953 yilgi eng yomon seriyasini takrorladi

Sport

image

Kecha, 26 noyabr kuni UEFA Chempionlar ligasi 5-tur doirasida “Liverpul” jamoasi o‘z maydonida Niderlandiyaning PSV klubiga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu mag‘lubiyat jamoaning so‘nggi 12 uchrashuvidagi 9-mag‘lubiyati bo‘lib, klub tarixidagi 1953 yildan keyingi eng yomon seriya sifatida qayd etildi. Bu haqda “Football on TNT Sports” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qizillar”ning bundan oldingi shunday mag‘lubiyatlar seriyasi 1953 yilning noyabridan 1954 yilning yanvarigacha qayd etilgan edi.

Hozirgi vaqtda “Liverpul” 9 ochko bilan Chempionlar ligasi turnir jadvalida 13-o‘rinda, PSV esa 15 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. Mersisaydliklar navbatdagi turda “Inter” jamoasi maydoniga safar qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi Premer-liga jamoasi “Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slotga jamoa hujumchisi Muhammad Salohni iste’foga chiqarishni ko‘rib chiqishi kerakligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Chempionlar ligasi “Liverpul'” eng yomon seriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing