“Liverpul” Konatening ketishini e’lon qildi
Sport
−
01 iyun 741 1 daqiqa
Fransiya milliy terma jamoasining himoyachisi Ibrahima Konate shartnomasi yakuniga yetgach, “Liverpul” klubini tark etadi. Bu haqda ingliz klubining rasmiy sayti xabar berdi.
27 yoshli futbolchining “Liverpul” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuniga qadar mo‘ljallangan.
Konate 2021 yilda Germaniyaning “Leypsig” klubidan “Liverpul” safiga qo‘shilgan. Shu vaqt davomida u mersisaydliklar tarkibida 183 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi.
Fransuz himoyachisi klub bilan birgalikda Angliya chempionligi, Angliya kubogi va Angliya Superkubogi sohibi bo‘lgan. Shuningdek, u ikki marta Angliya Liga kubogini qo‘lga kiritgan.
Ma’lumot uchun, Ibrahima Konate Fransiya milliy terma jamoasi safida 27 ta uchrashuv o‘tkazgan. U jamoasi bilan Jahon chempionati kumush medallarini qo‘lga kiritgan. Himoyachi AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasi qaydnomasidan ham o‘rin olgan.
Live
Barchasi