Britaniya qiroli Charlz III vafot etdi – “Radio Caroline”
Olam
−
11:25 11757 1 daqiqa
Angliyadagi “Radio Caroline” radiostansiyasi tasodifan Britaniya qiroli Charlz III vafot etgani haqida efirda xabar berib yubordi.
Hodisa 19 may kuni kunduzi sodir bo‘lgan. “The Independent” nashrining yozishicha, Angliyada efirga chiquvchi “Radio Caroline” radiosi Charlz III’ning vafoti haqida xabar berib, shundan so‘ng “Xudo qirolni asrasin” madhiyasini qo‘ygan. Keyin efir to‘satdan uzilib qolgan, boshlovchilar odatiy dastur vaqtincha to‘xtatilganini ma’lum qilgan va radio 15 daqiqa davomida jim qolgan.
Radiostansiya menejeri Piter Murning tushuntirishicha, hodisa kompyuterdagi texnik xato sabab yuz bergan.
“Bizning asosiy studiyamizda barcha Britaniya radiostansiyalari tayyor holda saqlaydigan, ammo hech qachon ishga tushirishga to‘g‘ri kelmasligiga umid qiladigan “Monarx vafoti” protsedurasi tasodifan faollashib ketdi”, deyiladi xabarda.
Uning aytishicha, xato tezda payqalgan va efir darhol to‘xtatilgan.
“Biz Oliy hazratlari Qiroldan va tinglovchilarimizdan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deya xulosa qilgan Mur.
2024 yil fevral oyida OAV 75 yoshli Charlz IIIʼda saraton aniqlanganini ma’lum qilgan edi. Bayonotda qirol qanday turdagi saratonga chalingani va kasallik qaysi bosqichda ekani haqida aniq ma’lumot berilmagan.
Live
Barchasi