“Liverpul” va “Real” germaniyalik himoyachi uchun kurashmoqda
Sport
−
18:52 310 1 daqiqa
Germaniyaning “Borussiya Dortmund” jamoasi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbekga Yevropaning ikki top klubi – “Liverpul” va “Real Madrid” qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Fichajes” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchining vaziyatini “Real Madrid” diqqat bilan kuzatib bormoqda. Madrid klubi yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer oynasida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, “Liverpul” ham futbolchiga qiziqish bildirgan. Xabarlarga ko‘ra, jamoa bosh murabbiyi Arne Slot allaqachon futbolchi bilan uchrashib, uni “Anfield”ga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga harakat qilgan.
Shlotterbekning Dortmund klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. Biroq futbolchining kelajagi hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda. Agar “Borussiya Dortmund” himoyachi bilan shartnomani tez orada uzaytira olmasa, klub rahbariyati mavsum yakunida uni sotish masalasini ko‘rib chiqishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Niko Shlotterbek joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 27 o‘yinda maydonga tushdi va ushbu uchrashuvlarda 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi