London aeroportida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi
Olam
−
14 iyul 13182 2 daqiqa
Kecha, 13 iyul kuni London aeroportida Beech B200 Super King Air yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “Independent” xabar berdi.
Flightradar ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot mahalliy vaqt bilan 15:45 da parvoz qilishi kerak bo‘lgan, biroq parvoz 10 daqiqaga kechiktirilgan. Samolyot Niderlandiyaga uchishi kerak edi.
“Ertalab Xorvatiyadan yetib kelgan B200 Super King Air yo‘lovchi samolyoti aeroportdan Niderlandiyaning Lelystad shahriga yo‘l olgan edi”, deb yozadi “Independent” gazetasi.
Fojia joyidan olingan kadrlar allaqachon internetda paydo bo‘lgan. Fojia joyidan olingan surat va videolarda yo‘lovchilarning boshqa samolyotga o‘tirgani, qulagan va yonayotgan samolyotdan tutun osmonga ko‘tarilayotganini ko‘rish mumkin. Fojia tafsilotlari hozircha noma’lum.
Voqea joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda – tez yordam brigadalari va o‘t o‘chiruvchilar tezda halokat joyiga yetib borgan. Fojia vaqtida bortda bo‘lganlarning aniq soni ma’lum emas.
“Biz 12 metrli bitta samolyot ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgani haqidagi xabarlarni soat 16:00 ga yaqin oldik... Biz jamoatchilikdan bu ishlar olib borilayotgan vaqtda, iloji bo‘lsa, hududdan qochishlarini so‘raymiz”, deydi Esseks politsiyasi vakili.
Hodisa sodir bo‘lgan Sautend aeroporti “jiddiy hodisa tufayli keyingi ogohlantirishgacha” yopildi.
Ma’lumot uchun, B200 Super King Air samolyoti odatda 7-9 yo‘lovchiga mo‘ljallangan. Yaradorlar va halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda.
Live
Barchasi