Los-Anjelesda mashina olomonni bosib ketdi
Olam
−
19 iyul 5198 1 daqiqa
Bugun, 19 iyul kuni Los-Anjeles shahrida haydovchi mashinani qasdan olomon ustiga haydab bordi. Bu haqda Los-Anjeles O‘t o‘chirish departamentiga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, xodisa ertalab Santa-Monika bulvaridagi tungi klub yonida yoz bergan. To‘qnashuv oqibatida 20 kishi jarohat olgan. 8 kishi og‘ir jarohatlangan. Yana 4 kishinig ahvoli o‘ta og‘ir.
Departament xabarida haydovchining qo‘lga olingan-olimagani, shuningdek, shaxsiga ham aniqlik kiritilmagan.
Qayd etish joiz, AQSHda so‘nggi yillarda bunday hujumlar terrorchilik yoki ruhiy kasallikka chalingan shaxslar tomonidan amalga oshirilgan holatlar bilan bog‘liq holda ro‘y berib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy janubidagi Chjuxay shahrida erkak mashinasini qasddan bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘lib, 43 kishi og‘ir yaralangandi.
Live
Barchasi