Lukashenko armiyaning jangovar tayyorgarligini tekshirdi

Olam

image

Bugun, 13 fevral kuni Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko kutilmaganda 227-o‘quv poligoniga tashrif buyurib, armiyaning jangovar tayyorgarligini shaxsan tekshirdi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da poligonga yetib borgan. Mudofaa vaziri Viktor Xrenin unga amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot taqdim etgan. Shuningdek, Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Aleksandr Volfovich kutilayotgan natijalar to‘g‘risida ma’lumot berib, armiya jangovar vazifalarni bajarishga tayyor ekanini bildirgan. 

Lukashenko 339-mexanizatsiyalashgan batalonning qo‘mondonlik va kuzatuv punktiga ham tashrif buyurib, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashgan. U askarlarning yashash sharoitlari bilan tanishgan. Harbiylar zarur jihoz va sharoitlar bilan to‘liq ta’minlanishi kerakligini ta’kidlagan. Shuningdek, qo‘shinlar tayyorgarligini yuqori darajada ushlab turish uchun bunday kutilmagan tekshiruvlar muhimligini aytgan. U barcha mas’ullar, jumladan, Mudofaa vaziri va Xavfsizlik kengashi davlat kotibi ham tekshiruvdan o‘tishini bildirgan.

Lukashenko harbiy xizmatchilarga doimiy mashg‘ulot o‘tkazish zarurligini eslatib, har qanday vaziyatga tayyor bo‘lish kerakligini ta’kidlagan.

Ma’lum qilinishicha, Belarus Qurolli kuchlarining keng ko‘lamli tekshiruvi Aleksandr Lukashenkoning buyrug‘i bilan joriy yilning 16 yanvaridan boshlangan. Tekshiruvlardan asosiy maqsad qo‘shinlarning real holatini baholash va ularni yanada takomillashtirishdan iborat. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Polsha Belarus bilan chegaradagi askarlari sonini keskin oshirayotgani haqida xabar berilgandi. Mamlakat Milliy mudofaa vaziri Mariush Blashak 4 ming nafar askar to‘g‘ridan to‘g‘ri chegara xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashi, 6 ming nafari esa shu yaqin hududda joylashishini ma’lum qilgan.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

armiya Lukashenko jangovar tayyorgarligi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing