Lukashenkoga 30 litr sut beradigan sigir sovg‘a qilindi

Olam

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenkoga Uzda tumanidagi “BelInterGen-agro” MCHJning “Yachenka” sut-tovar kompleksiga tashrifi davomida Musya laqabli jersey zotli sigir sovg‘a qilindi. Bu haqda BELTA xabar berdi.

Qayd etilishicha, korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri naslchilik chorvachiligini rivojlantirishdan iborat. “BelInterGen” asosan golshtin zotini yetishtirish bilan shug‘ullanadi, biroq yaqinda jersey zotini ham ko‘paytirishni boshlashgan. Ushbu zotning vakilasi Lukashenkoga sovg‘a qilingan.

Jersey zoti sut yo‘nalishidagi mayda sigir zotlariga kiradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, suti tarkibida ko‘p miqdorda yog‘ va oqsil mavjud, shuningdek, u A2 oqsilining yuqori miqdori bilan ajralib turadi. Shu bilan birga, vazni kichik bo‘lgani tufayli bu zotdagi sigirlarga sezilarli darajada kamroq yem-xashak talab etiladi. Kunlik sut sog‘imi 30 litrgacha yetadi.

Korxonada jersey zotini ko‘paytirishni bitta sigirdan boshlashgan – uning laqabi ham Musya bo‘lib, u 11 yil yashagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko KXDRga tashrifi doirasida mamlakat yetakchisi Kim Chen Inga o‘z davlatida ishlab chiqarilgan avtomatni sovg‘a qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Belarus' Aleksandr Lukashenko sovg'a

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing