Lyublyanada O‘zbekiston-Sloveniya o‘rtasida qanday hujjatlar imzolandi? 

Olam

image

Bugun, 22 may kuni Sloveniyaning Lyublyana shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob qo‘shma bayonot imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ular huzurida ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tgan. Bular:

  • diplomatik pasport egalarini viza talablaridan ozod qilish to‘g‘risida;
  • ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • transport va logistika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • “aqlli” shaharlarni boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • standartlashtirish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 may kuni Mirziyoyev Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Lyublyanaga borgandi. Bugun, 22 may kuni esa Lyublyanadagi Kongress maydonida Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Qolaversa, Lyublyanadagi Prezident saroyida Shavkat Mirziyoyev va Sloveniya Prezidenti Natasha Pirs Musarning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, Mirziyoyev Sloveniya Bosh vaziri Robert Golob bilan uchrashuv o‘tkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Sloveniya Robert Golob

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing