“M-25” koni avariyasini to‘xtatamiz – Shavkat Mirziyoyev

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” yirik gazni qayta ishlash majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yechim topilgan. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda so‘z bordi.

Yig‘ilishda Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yilishi belgilangan.

Qayd etilishicha, Sho‘rchi, Denov, Sariosiyo, Sherobod va Boysundan kuniga 100 ming odam viloyat markaziga yengil mashinada kelib-ketyapti. Surxondaryoga olib kelinayotgan 125 ta avtobusni birinchi navbatda ushbu yo‘nalishlarga qo‘yish topshirilgan.

Yil oxirigacha Muzrabotdagi 56 ming aholiga ilk bor markazlashgan ichimlik suvi yetkazib berish loyihasi yakuniga yetkaziladi.

Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Qiziriq va Boysun markazlariga kanalizatsiya olib borish loyihasi boshlanadi.

“Mustaqillikning 25 yilligi” yirik gazni qayta ishlash majmuasidagi texnologik murakkab masalaga hamkorlar bilan ilmiy yechim topilgani qayd etilgan.

“Biz avariyani ham to‘xtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boshlaymiz”, deydi Prezident.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning may oyida Boysun tumanidagi “M-25” konidagi 202-quduqda tarkibida vodorod sulfidi yuqori bo‘lgan gazning katta bosim bilan otilishi va oqibatda fontanlanish holatining qaytalanishi kuzatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Mustaqillikning 25 yilligi M25

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing