Maduro va rafiqasi narkoterrorizmda ayblanmoqda
Olam
−
03 yanvar 5085 2 daqiqa
Venesuelaning bugun, 3 yanvar kuni AQSH tomonidan qo‘lga olingan Prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga “narkoterrorizm”, qurol saqlash va giyohvand moddalar kontrabandasi ayblovlari qo‘yilgan. Bu haqda AQSH Bosh prokurori Pamela Jo Bondi ma’lum qildi.
“Nikolas Maduro va uning rafiqasi Siliya Floresga Nyu-Yorkning Janubiy okrugida ayblov e’lon qilindi. Nikolas Maduro narkoterrorizm maqsadida til biriktirish, kokain olib kirish maqsadida til biriktirish, qurol va vayronkor qurilmalarga egalik qilish, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarga qarshi qurol va vayronkor qurilmalarga egalik qilish maqsadida til biriktirishda ayblanmoqda”, deydi Bosh prokuror.
AQSHning Venesuelaga hujumi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela poytaxti Karakas shahrida kamida yettita portlash sodir bo‘lgani, шаҳарнинг bir qismi elektr energiyasiz qolgani haqida xabar berilgan edi. Portlash tovushlari shaharning turli hududlarida, shuningdek Simon Bolivar nomidagi Mayketiya aeroporti va La-Guayra porti atrofida ham eshitilgan.
Keyinroq Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro AQSHni Venesuelani bombardimon qilishda ayblab, BMTning favqulodda yig‘ilishini chaqirishga chaqirdi. Shundan so‘ng CBS telekanali AQSH Prezidenti Donald Tramp Venesuela hududidagi qator ob’ektlarga, jumladan harbiy nishonlarga zarba berish buyrug‘ini berganini ma’lum qildi.
Venesuela Prezidenti Nikolas Maduro mamlakatda keng qamrovli mudofaa tizimini zudlik bilan ishga tushirish va milliy kuchlarni safarbar etish bo‘yicha buyruq berdi. Mamlakatda favqulodda holat rejimi e’lon qilindi.
Bundan oldin AQSH zarbalaridan keyin Nikolas Maduroning qayerdaligi noma’lumligi, biroq uning eng yaqin atrofidagilarning ayrimlari xavfsiz joyda ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Keyinchalik Donald Tramp Venesuelaga qilingan hujum bo‘yicha bayonot berib, Maduro rafiqasi bilan birga qo‘lga olingani va mamlakatdan olib chiqib ketilganini ma’lum qildi. Shundan so‘ng Rossiya AQSHning Venesuealaga qilgan hujumini qoraladi.