Makgregor 18 oyga diskvalifikatsiya qilindi

Sport

image

UFC’ning 66 kg va 70 kg vazn toifalaridagi ikki karra chempioni, 37 yoshli irlandiyalik jangchi Konor Makgregor antidoping qoidalarini buzgani uchun 18 oyga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda “ESPN MMA” nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Konor 2024 yilda uch marta o‘z joylashuvi haqidagi ma’lumotni taqdim etmagan, natijada nazoratchilar undan biomaterial namunasini ololmagan. Bu holat avtomatik ravishda qoidabuzarlik hisoblanadi.

Biroq Makgregor tergov bilan to‘liq hamkorlik qilgani va javobgarlikni tan olgani sababli odatdagi ikki yillik diskvalifikatsiya muddati 18 oyga qisqartirildi. Shunday qilib, uning chetlatilish sanasi 2024 yil 20 sentyabrdan boshlanadi va jangchi 2026 yil 20 martda oktagonga qaytish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Makgregor kelasi yilning iyul oyida oktagonga qaytib, Oq uyda o‘tkaziladigan UFC turnirida jang qilishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Makgregor 2023 yil aprelda UFC tashkilotiga qo‘shilgan va shu paytgacha 14 ta jang o‘tkazib, o‘nta g‘alaba va to‘rtta mag‘lubiyat qayd etgan. 2021 yil iyulda u jarohat tufayli amerikalik Dastin Porega mag‘lub bo‘lganidan so‘ng, hozirga qadar oktagonga qaytmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Konor Makgregor mazkur jang kechasi yuzasidan UFC bilan emas, balki AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati bilan muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

diskvalifikatsiya UFC Konor Makgregor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing