Maktab o‘quvchisi bolalarga bolta bilan hujum qildi (video)
Olam
−
14:19 6755 1 daqiqa
Qozog‘iston G‘arbidagi Kulsari shahridagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi tengdoshlariga bolta bilan hujum qildi. Bu haqda Atirau viloyat Politsiya boshqarmasi xabar berdi.
Huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi 10-sinf o‘quvchisi bo‘lib, tengdoshlari bilan kelishmovchilikdan so‘ng bolta olib, ularga hujum qilgan va keyin maktab hududidan chiqib ketgan.
Hodisa oqibatida ikki maktab o‘quvchisi yengil jarohat olgan. Hujum qilgan o‘smir aniqlanib, hibsga olingan. Hodisaning barcha ishtirokchilari va ularning ota-onalari politsiya bo‘limiga olib ketilgan, huquqni muhofaza qilish organlari bezorilik moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Bolalarga hujum qilgan o‘rta maktab o‘quvchisi politsiya reyestriga kiritilib, vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Hodisa to‘g‘risidagi hisobot Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaga yuborilgan.
Politsiya departamenti ota-onalarga nisbatan majburiyatlarini lozim darajada bajarmaganliklari uchun ma’muriy ish qo‘zg‘atilganini ham bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ufa shahridagi gimnaziyada 9-sinf o‘quvchi o‘qituvchi va sinfdoshlariga avtomatdan o‘q uzgan edi.
Live
Barchasi