Malayziyadagi suv toshqinidan 11 ming kishi jabrlandi

Olam

image

Malayziyaning yetti shtatida kuchli yomg‘ir sababli yuzaga kelgan suv toshqinlari oqibatida 11 mingdan ortiq kishi jabr ko‘rdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, mamlakatning sharqiy qirg‘oq hududlarida suv toshqinlari oktyabr oyidan mart oyigacha davom etadigan yillik musson mavsumida tez-tez kuzatiladi va har yili minglab odamlar vaqtincha ko‘chiriladi.

Tabiiy ofatlarni boshqarish bo‘yicha milliy agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 24 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:00 (Toshkent vaqti bilan 03:00) holatiga qadar Kedah, Kelantan, Penang, Perak, Perlis, Terengganu va Selangor shtatlarida 3 839 oiladan 11 009 kishi zarar ko‘rgan.

Tailand bilan chegaradosh shimoli-sharqiy Kelantan shtati eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud bo‘lib, bu yerda 8 228 nafar aholi jabr ko‘rgan. Agentlikka ko‘ra, jabrlanganlarni vaqtincha joylashtirish uchun 60 ta boshpana tashkil etilgan.

Shuningdek, kecha, 23 noyabr kuni Perlis shtatining shimoli-g‘arbiy qismidagi Van Kelian qishlog‘ida tinimsiz yog‘ingarchilik tufayli ko‘chki yuzaga kelgan va oqibatda qariyb 400 kishi muammoga duch kelgan. Tabiiy ofatdan jabrlanganlar baland hududdagi masjidlarga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyaning Markaziy Yava provinsiyasidagi ikki hududda yog‘ingarchilik sababli yuz bergan ko‘chki oqibatida 30 kishi halok bo‘lgani, qariyb 40 kishi esa bedarak yo‘qolgani xabar qilingandi.

Komila Qobilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

suv Malayziya noyabr'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing