Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

Jamiyat

image

Malayziyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilhom Tua bin Illias diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xayrlashuv uchrashuvi davomida so‘nggi yillarda ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotlar, savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar, ta’lim, turizm hamda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etilgan.

Shuningdek, elchining mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi yuksak baholangan.

Uchrashuv yakunida Ilhom Tua bin Illiasning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Quvaytning mamlakatdagi yangi tayinlangan elchisi Turki Xolid Hamad al-Mikraddan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston elchi Malayziya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing