“Man Siti” futbolchisi Habibga butsalarini sovg‘a qildi

Sport

image

“Manchester Siti” futbolchisi Rayan Sherki UFC Shon-sharaf zali a’zosi, sobiq yengil vazn chempioni Habib Nurmagomedov bilan uchrashdi. 22 yoshli futbolchi mashhur jangchiga o‘zining imzolangan butsalarni sovg‘a qildi.

Ma’lum qilinishicha, Sherki Habib bilan samimiy suhbatlashgan, shundan so‘ng futbolchi unga dastxat qo‘yilgan butsalarini sovg‘a qilgan.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Nurmagomedov so‘nggi jangini 2020 yil 24 oktyabr kuni Abu-Dabidagi Yas orolida bo‘lib o‘tgan UFC 254 turniri doirasida o‘tkazgan. O‘sha bahsda u vaqtinchalik UFC yengil vazn chempioni, amerikalik Jastin Geydjini ikkinchi raundda bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lub etgan edi. Bu g‘alaba Habib uchun professional faoliyatidagi 29-g‘alaba bo‘lib, jangdan so‘ng u aralash yakkakurashni tark etishini e’lon qilgan.

Rayan Sherki esa joriy mavsumda “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi hamda 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Habib “Manchester Siti” Rayan Sherki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing