“Manchester Yunayted” antirekord o‘rnatdi
Sport
−
25 noyabr 1605 2 daqiqa
Kecha, 24 noyabr kuni “Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasi (APL) 12-turida o‘z maydonida “Everton”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bu mag‘lubiyat “qizil iblislar” uchun “Old Trafford” stadionida raqib jamoa bir kishi kam bo‘lgan holatda birinchi marta yuz bergan tarixiy mag‘lubiyat bo‘ldi. Bu haqda “Sports” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub “Old Trafford”da raqibdan bir kishi ko‘p bo‘lgan holda hech qachon mag‘lub bo‘lmagan. Bu uchrashuvda “Everton” uchrashuvning 13-daqiqasidan boshlab maydonda bir kishi kam bo‘lib, Kirnan Dyuzberi-Hollning goli evaziga g‘alaba qozondi. “Manchester Yunayted” shungacha bunday holat kuzatilgan 46 ta o‘yinning 36 tasida g‘alaba, 10 tasida durang qayd etgan edi.
Shuningdek, “Everton”ning tajribali murabbiyi Devid Moyes “Old Trafford”da mehmon murabbiy sifatida Premer-ligadagi ilk g‘alabasini qo‘lga qo‘lga kiritdi. Mutaxassis shu kunga qadar 18 ta o‘yinda to‘rtta durang va 13 mag‘lubiyat qayd etgandi.
Ma’lumot uchun, uch tur davomida g‘alaba qozona olmagan Ruben Amorim shogirdlari 18 ochko bilan turnir jadvalida 10-o‘ringa tushib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu bahsda “Everton” yarim himoyachisi Idrissa Geye jamoadoshi Maykl Kinni urgani uchun bosh hakam tomonidan maydondan chetlatilgan edi.
Live
Barchasi