Markaziy Osiyoda ilk bor sun’iy yomg‘ir yog‘diriladi

Olam

image

Qozog‘istonda suv tanqisligi muammosini hal qilish maqsadida sun’iy yomg‘ir loyihasi ishga tushiriladi. Bu haqda bugun, 15 may kuni Qosim-Jomart To‘qayev BMTning Butunjahon meteorologiya tashkiloti rahbari Abdulla Al-Mandus bilan uchrashuvi chog‘ida ma’lum qildi.

Qozog‘iston Markaziy Osiyodagi sun’iy yomg‘ir texnologiyalarini amaliyotda qo‘llashga o‘tgan birinchi davlat bo‘ladi. Loyihani to‘liq ishga tushirish joriy yil 17 mayga rejalashtirilgan.

Hozirda Turkiston viloyatida BAA Milliy meteorologiya markazi bilan hamkorlikda yog‘ingarchilikni sun’iy chaqirish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning maqsadi – suv omborlaridagi suv miqdorini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi hududlarini suv resurslari bilan ta’minlashdir.

Sun’iy yomg‘ir yog‘dirishda bulutlarga kumush yodid, tuz yoki quruq muz kabi moddalar sepiladi. Bu moddalar suv tomchilarining bir-biriga yopishib, kattalashishiga yordam beradi. Shundan so‘ng, bulut ichidagi juda mayda suv tomchilari og‘irlashib, yomg‘ir yoki qor shaklida yerga tushadi.

Bu texnologiya faqat osmondagi mavjud bulutlarga ta’sir qiladi. Ya’ni mutlaqo bulutsiz havoda yomg‘ir yaratib bo‘lmaydi. Asosiy maqsad – bulutdagi namlikdan samaraliroq foydalanish.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida ham sun’iy yomg‘ir yog‘dirish texnologiyasini joriy etish rejalashtirilayotgani xabar qilingandi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Markaziy Osiyo sun'iy yomg'ir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing