Mass-media fondi rahbari Administratsiyaga o‘tdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Akramjon Murodjon o‘g‘li Fozilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zvekiston Prezidentining matbuot kotibi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Akramjon Fozilov bungacha Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi vasiylik kengashi raisi lavozimini egallab kelgan. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan, Vena (Avstriya) va Gent universitetlarida (Belgiya) tahsil olgan. 2021 yildan 2022 yilgacha Yevropa-O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasining (EUROUZ) Toshkentdagi loyiha ofisi rahbari vazifasini bajaruvchisi, 2024 yilgacha Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rustam Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i o‘rinbosari lavozimidan ozod etilib, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Administratsiyasi Mass-media fondi Akramjon Fozilov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing