Mbappe Fransiya tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi
Sport
−
17 iyun 1011 1 daqiqa
Kecha, 16 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida Fransiya terma jamoasi Senegalni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv qahramoniga aylangan Kilian Mbappe dubl qayd etib, Fransiya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi.
2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining birinchi turida Senegalga qarshi uchrashuvda Mbappe 2 ta gol urdi. Shu tariqa u Fransiya terma jamoasi safidagi gollari sonini 58 taga yetkazdi.
27 yoshli hujumchi bu natijaga 99 ta o‘yinda erishdi va shu paytgacha rekord sohibi bo‘lib kelgan Olive Jiruni ortda qoldirdi. Jiru Fransiya terma jamoasi safida 137 ta uchrashuvda 57 ta gol urgan edi.
Mbappe Jahon chempionatlaridagi gollari sonini ham 14 taga yetkazdi. Bu natija unga Germaniya terma jamoasining afsonaviy hujumchisi Gerd Myuller bilan tenglashish imkonini berdi.
Fransiyalik futbolchi mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida Pele (12) va Jyust Fonten (13)ni ortda qoldirdi.
Mazkur reytingda Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze 16 ta gol bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ikkinchi o‘rinni esa, Braziliya afsonasi Ronaldo 15 ta gol bilan egallab turibdi.
Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe Fransiya terma jamoasi safida 2018 yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan, 2022 yilgi mundialda esa, kumush medalni qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi