Mbappe operatsiya qilinishdan bosh tortdi
Sport
−
10:17 2132 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etish istagi sabab tizzasidan operatsiya o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, fransiyalik forvard 2025 yil dekabridan buyon tizza bog‘lamlari bilan bog‘liq muammolarga duch kelmoqda. Mbappe Chempionlar ligasi pley-off bosqichida “Benfika”ga qarshi (2:1) javob uchrashuvini ham aynan shu jarohat sabab o‘tkazib yuborgan.
Shunga qaramay, futbolchi operatsiya qilishni istamayapti, chunki jarrohlik amaliyoti uning Jahon chempionatidagi ishtirokini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Hozirda u konservativ (jarrohliksiz) davolanish yo‘lini tanlagan.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2024 yil yozidan buyon “Real Madrid” safida to‘p tepmoqda. Joriy mavsumda hujumchi klub safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi