MDH razvedka xizmatlari rahbarlari bugun Samarqandda yig‘iladi
Jamiyat
−
17 Oktabr 3227 1 daqiqa
Bugun, 17 oktyabr kuni Samarqand shahrida Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘z ishini boshlaydi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.
Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik Bahodir Qurbonov raislik qiladi.
Tadbirda ishtirokchilar zamonaviy xavf va tahdidlar yuzasidan fikr almashib, MDH davlatlari razvedka xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha galdagi vazifalarni muhokama qiladi.
Tadbir o‘tkaziladigan joy va kun tartibi 2024 yil 26 noyabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan 20-yubiley majlisda belgilab olingan edi.
Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikning aniq vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oladilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 16-17 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi o‘z ishini boshlagandi.
Live
Barchasi