Meksikada dunyoning eng mashhur narkobaroni o‘ldirildi (video)
Olam
−
08:12 11490 1 daqiqa
Meksika armiyasi “Xalisko yangi avlodi” karteli rahbari Nemesio Osegera Servantesni (laqabi “El Mencho”) yo‘q qildi. Bu haqda “Associated Pres” xabar berdi.
Bu voqea Meksikadagi eng kuchli kartelga katta zarba deb baholanmoqda. Shuningdek, bu hukumatning narkosavdoga qarshi kurashdagi yirik yutug‘i sifatida ko‘rilmoqda. Meksikaning Vashingtondagi elchixonasi operatsiya haqida qo‘shimcha ma’lumotni AQSH taqdim etganini bildirgan.
Operatsiya Meksikaning g‘arbidagi Xalisko shtatida o‘tgan. Shu hudud kartelning asosiy bazasi hisoblanadi. Kartel AQSHga fentanil va kokain yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Operatsiyadan keyin hududda ommaviy tartibsizliklar boshlangan. Yo‘llar to‘silgan, mashinalar yoqib yuborilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Xaliskodagi turistik shahar Puerto-Valyarta osmonida tutun ko‘tarilayotgani aks etgan videolar tarqalgan. Shuningdek, shtat poytaxti Gvadalaxara aeroportida odamlar sarosima bilan qochayotgani tasvirlangan lavhalar ham chiqqan.
Avvalroq, AQSH Davlat departamenti El Menchoni qo‘lga olishga yordam beruvchi ma’lumot uchun 15 million AQSH dollarigacha mukofot e’lon qilgan edi. AQSH Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2009 yilda tuzilgan ushbu kartel Meksikadagi eng shafqatsiz jinoiy tuzilmalardan biriga aylangan.
Live
Barchasi