Meksikada maosh olmagan uchuvchi yo‘lovchilar to‘la samolyotda norozilik namoyishi uyushtirdi
Olam
−
20 dekabr 2851 1 daqiqa
Meksikada besh oy davomida maosh olmagan uchuvchi yo‘lovchilar bilan to‘la samolyotni boshqarishdan bosh tortib, kabinada norozilik namoyishi uyushtirdi. Bu haqda “The straits times” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea Mexiko shahridagi Benito Xuares xalqaro aeroportida Karib dengizidagi Kankun kurort shahriga rejalashtirilgan reysda yuz bergan. Uchish davomida uchuvchi oylar davomida to‘lanmagan maoshga norozilik bildirgan. Shunda uchuvchi samolyotda soatlab kutib turgan o‘nlab yo‘lovchilarga samolyot kompaniya ularga qarzlarini to‘lamaguncha uchmasligini aytgan.
Norozilik bildirgan uchuvchi ish beruvchi ularga besh oylik maosh va yo‘l xarajatlarini to‘lamaganini da’vo qilgan.
“Sizlarga achinaman, chunki siz bunga loyiq emassiz. Men ushbu aviakompaniyada deyarli uch yildan beri ishlayapman va hech qachon birorta ham reysni o‘tkazib yubormaganman", deydi uchuvchi yo‘lovchilarga.
Shuningdek, u uch farzandning otasi ekanligini qo‘shimcha qilgan.
Meksika ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, yo‘lovchilar evakuatsiya qilinayotgan paytda kapitan hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Filippinda 100 minglab odamlar norozilik namoyishiga chiqqandi.
Live
Barchasi