Melaniya Tramp va Ilon Mask AQSH fuqaroligidan mahrum qilinishi mumkin
Olam
−
04 dekabr 8956 1 daqiqa
AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp va tadbirkor Ilon Mask AQSH fuqaroligidan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda “Newsweek” xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, respublikachi senator Berni Moreno yangi qonun loyihasini ilgari surgan. Ushbu qonun loyihasi AQSH fuqaroligini taqiqlashni nazarda tutadi va bu bir qator amerikalik mashhurlarga ta’sir qilishi mumkin.
Moreno o‘z tashabbusiga sharh berar ekan, AQSH fuqarosi bo‘lish – “sharaf va imtiyoz” ekanini ta’kidlagan, shuning uchun agar kimdir amerikalik bo‘lishni xohlasa, u “hammasi yoki hech narsa” tamoyiliga amal qilishi kerakligini uqtirgan.
Qayd etilishicha, agar qonun kuchga kirsa, Sloveniya fuqaroligiga ega bo‘lgan AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp bir yil ichida Sloveniya yoki AQSH fuqaroligidan voz kechishga majbur bo‘ladi. Tramp oilasidan tashqari, cheklovchi choralar amerikalik ishbilarmon Ilon Maskka ham ta’sir qilishi mumkin, u AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi va Kanada fuqaroligiga ega.
Shuningdek, bu qonun bir qator taniqli aktyor va aktrisalarni, jumladan Tom Xenks, Mila Kunis, Pamela Anderson va boshqa mashhurlarni ham qamrab olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Vashington milliy xavfsizligiga tahdid, deb hisoblagan 19 davlat fuqarolarining barcha immigratsiya arizalarini ko‘rib chiqishni vaqtincha to‘xtatgandi.
Live
Barchasi