“Men uni hatto tanimayman”. Gitlerning adashi familiyasidan voz kechdi

Olam

image

Namibiyalik siyosatchi Adolf Gitler Uuona Ompudya okrugidagi mintaqaviy saylovlarda g‘alaba qozonib, saylovchilar tomonidan beshinchi marta mandat oldi. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Uning siyosiy faoliyati 2004 yilda boshlangan va o‘shandan beri muvaffaqiyatli davom etmoqda. U so‘nggi marta 2020 yilda qayta saylangan. Shu bilan birga, Adolfning aytishicha, u pasportidan “Gitler” familiyasini olib tashlagan, chunki endi bu familiya bilan hech qanday aloqada bo‘lishni xohlamaydi. Siyosatchiga ko‘ra, u Adolf Uuona bo‘lishni afzal ko‘radi va natsistlar mafkurasi bilan hech qanday bog‘liqligi yo‘q.

“Mening ismim Adolf Gitler emas. Mening ismim Adolf Uuona. Odamlar meni Adolf Gitler deb chaqirayotganini va meni biror kimsa bilan bog‘lashga urinayotganini ko‘rdim, men esa uni hatto tanimayman”, deydi u.

Gitler 2020 yilda “Bild”ga bergan intervyusida otasi unga ism qo‘ygan paytda Germaniya diktatori nimani himoya qilganini bilmaganini aytgan. Namibiyalik siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, uning natsistlar jinoyatlariga hech qanday aloqasi yo‘q, u ommaviy tadbirlarda faqat “Adolf” ismidan foydalanadi.

Ma’lumot uchun, Namibiya Afrikaning janubida joylashgan Germaniyaning sobiq koloniyasi hisoblanadi. Mamlakat mustaqilligi 1990 yil mart oyida e’lon qilingan. Mahalliy aholining bir qismi hanuzgacha nemischa ismlarga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adolf Uuona Namibiyada mahalliy saylovlarda yana o‘z nomzodini qo‘ygani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ompud'ya Adol'f Gitler Uuona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing