Gitlerning adashi mahalliy saylovlarda g‘alaba qozonishi mumkin

Olam

image

Adolf Gitler ismli siyosatchi Namibiyada mahalliy saylovlarda yana o‘z nomzodini qo‘ymoqda. Bu haqda “Bild” xabar berdi.

Namibiyalik siyosatchi, 59 yoshli Adolf Gitler Uunona 2004 yildan buyon Ompudya saylov okrugini boshqarib keladi. 2020 yilda u deyarli 85 foiz ovoz bilan qayta saylangan.

Adolf Gitlerning o‘zi bu yil 26 noyabrda bo‘lib o‘tadigan mahalliy saylovlarda yana ishtirok etishini ma’lum qildi. Mutaxassislarning fikricha, u qayta saylanishda muvaffaqiyat qozonadi.

Bir necha yil oldin u fashistlar diktatori Adolf Gitler sharafiga nomlanganini tasdiqladi va otasi go‘yoki “Gitler nimani himoya qilganini” tushunmasligini tushuntirdi.

Uning aytishicha, u bolaligida bu ismni mutlaqo normal ism deb hisoblagan va natsistlarga hech qanday aloqasi yo‘qligini hamda omma oldida faqat Adolf ismini qo‘llaganini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namibiya Prezidenti Xage Geingob 82 yoshida vafot etgandi. Marhum 2015 yil mart oyida Namibiya Prezidenti bo‘lgan va 2019 yilda qayta saylangan. Shuningdek, u 1990-2002 va 2012-2015 yillarda ikki marta mamlakat Bosh vaziri vazifasida faoliyat yuritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Adol'f Gitler Namibiya Ompud'ya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing