Menda xalqaro nizolarda vositachi bo‘lish istagi yo‘q – To‘qayev

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hozirgi global vaziyat haqida fikr bildirib, nizolarda vositachilik qilishni istamasligini aytdi. Bu haqda u “Turkistan” gazetasiga bergan intervyusida so‘z ochdi.

To‘qayevning aytishicha, Yevroosiyoning qoq markazida joylashgan Qozog‘iston ayniqsa, bugungi notinch davrda chetdan tomoshabin bo‘lib qolmasligi kerak.

“Biz xalqaro munosabatlarning asosiy masalalari bo‘yicha o‘z nuqtai nazarimizga, muvozanatli pozitsiyamizga ega bo‘lishimiz zarur. Shu sababli BMT Bosh Assambleyasining yubiley sessiyasida ushbu universal global tashkilotni isloh qilish masalasida Qozog‘iston pozitsiyasini batafsil bayon qildim.

Men xalqaro nizolarni hal qilishda vositachilik qilishni istamayman va bir qator mamlakatlarning bosimiga qaramay, BMTga qaytishni ham istamayman. Biroq men yopiq maslahatlashuvlar va muhokamalarda ishtirok etaman, ayniqsa, bir nechta davlat rahbarlari mening fikrim bilan qiziqishgani sababli. Bu muhim ishni ommaviy axborot vositalarida yoritishga ehtiyoj sezmayman, men populizmdan yiroqman. Aftidan, bu nuqta sahna ortidagi maslahatlashuvlar ishtirokchilari uchun ham muhim”, deydi Qozog‘iston Prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Qosim-Jomart To‘qayev “Turkistan” gazetasiga bergan intervyusida 2022 yilda bo‘lib o‘tgan “qonli yanvar” foijalari va unda Nursulton Nazarboyev hamda uning oilasiga qarshi namoyishlardan keyin birinchi marta Birinchi Prezidentning bugungi Qozog‘istonning bunyod bo‘lishiga qo‘shgan ulkan hissasi ham haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing