Shavkat Mirziyoyev muntazam sport zalida mashq qiladi – Qozog‘iston Prezidenti

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “Turkiston” gazetasi bergan intervyusida o‘zining, shuningdek, MDH davlatlari yetakchilarining jismoniy faolligi haqida gapirar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaxshi faol jismoniy holatda ekanini va muntazam sport zalida mashq qilishini ta’kidladi. 

To‘qayev dastlab jurnalistning “yaqinda Prezident Tramp o‘z sog‘lig‘i haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. Siz esa bu borada yopiqroqsiz. Shu sababli sog‘lig‘ingiz haqida turli gap-so‘zlar yuribdi: ayrimlar vazn tashlab, yaxshiroq ko‘rina boshladingiz deyishsa, boshqalar buning aksini aytmoqda. Shu masalaga izoh bera olasizmi?”, degan savoliga javob berib, sog‘lig‘idan shikoyati yo‘qligini, qon bosimi barqaror va me’yorida ekanini ma’lum qilgan. 

“Har kuni yoga bilan shug‘ullanaman, ammo meditatsiya qilmayman. Haftasiga bir-ikki marta sobiq professional sportchi bilan stol tennisi o‘ynayman. Haqiqatdan ham to‘qqiz kilogramm vazn tashladim, bu o‘zimni ancha yaxshi his qilishimga yordam berdi”, deydi Qozog‘iston yetakchisi. 

To‘qayevning aytishicha, MDH yetakchilarining aksariyati sog‘lom turmush tarziga amal qiladi. Xususan, u intervyuda O‘zbekiston Prezidentini jismonan chiniqqan rahbar sifatida tilga olgan. 

“Putin yaqinda Bishkekda bo‘lib o‘tgan norasmiy tadbirda yosh dzyudochiga qarshi usul qo‘llab, keksa avlod sha’nini himoya qildi. Ilhom Aliyev ham jismonan baquvvat, u muntazam va malakali tarzda mashg‘ulot qiladi. Sadir Japarov futbol o‘ynaydi. Shavkat Mirziyoyev ham yaxshi jismoniy holatda bo‘lib, sport zalida mashq qiladi. Nikol Pashinyan – velosipedchi. Aleksandr Lukashenko, ma’lum bo‘lishicha, hanuzgacha xokkey o‘ynaydi. Imomali Rahmon ham sog‘lig‘idan shikoyat qilmaydi, u jangchi-dengizchiga xos chanqoqqa ega. Demak, barcha hamkasblarimizning jismoniy holati a’lo darajada”, deydi Qozog‘iston rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Shavkat Mirziyoev Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing