Mers Trampga futbolka sovg‘a qildi (video)

Olam

image

Germaniya kansleri Fridrix Mers G7 (“Katta yettilik”) sammiti davomida AQSH Prezidenti Donald Trampga noodatiy sovg‘a topshirdi. Bu haqda “New York Post” xabar berdi.

Uchrashuv boshlanishidan oldin Mers Trampga Germaniya terma jamoasining oq rangdagi futbolkasini sovg‘a qildi. Futbolkaning orqa tomoniga Trampning familiyasi va 47-raqam tushirilgan edi. AQSH Prezidenti esa kanslerning sovg‘asini boshqa siyosatchilarga ko‘rsatib, futbolkani yig‘gan va stol ustiga qo‘ygan.

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Mers ushbu futbolkani Trampning 14 iyun kuni nishonlangan 80 yilligi munosabati bilan sovg‘a qilgan.

Fransiya raisligidagi G7 sammiti 15–17 iyun kunlari Jeneva ko‘li bo‘yidagi Evian-le-Ben shahrida bo‘lib o‘tmoqda. “Katta yettilik” mamlakatlari rahbarlari uchrashuvi oldidan Shveysariyaning Jeneva shahridagi tartibsizliklar ehtimoli sabab qimmatbaho butiklar va banklarning derazalari fanera bilan yopib qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Trampning Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan G7 sammitidagi ko‘rinishi uning salomatligi borasidagi muhokamalarni ko‘paytirgandi.

Ilgari qattiq va uzoq davom etadigan qo‘l siqishlari bilan tanilgan Tramp bu safar Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan ancha sokin salomlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp G7 Fridrix Merts

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing