Messi assistlar bo‘yicha jahon rekordini yangiladi

Sport

image

Kecha, 15 oktyabr kuni tongda Argentina terma jamoasi Puerto-Rikoni 6:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvda Lionel Messi ikkita golli uzatma berib, xalqaro futbolda eng ko‘p golli uzatma bo‘yicha jahon rekordini yangiladi. Bu haqda “Mundoalbiceleste” nashri xabar berdi.

“Inter Mayami” hujumchisi shu tariqa xalqaro miqyosdagi golli uzatmalari bo‘yicha Braziliya terma jamoasi a’zosi Neymarni ortda qoldirdi. Shu paytgacha Neymar 59 ta assist bilan yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Messining Puerto-Rikoga qarshi o‘yindagi ikki golli uzatmasi uning umumiy assistlari hisobini 60 taga yetkazdi.

San-Xuanda o‘tgan uchrashuvda Argentina terma jamoasi to‘liq ustunlikni namoyish etdi. Lautaro Martines va Aleksis Mak Allister dubl qayd etdi, Gonsalo Montiel esa bir marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Messi esa birinchi bo‘limda Montielning goliga, 83-daqiqada esa Martinesning ikkinchi goliga uzatma berdi. Messi uchun bu o‘yin xalqaro futboldagi navbatdagi tarixiy marrani zabt etish bo‘ldi. 

Quyida eng ko‘p assist qayd etgan futbolchilar ro‘yxati:

  • Lionel Messi (Argentina) – 60 golli uzatma;
  • Neymar (Braziliya) – 59 golli uzatma;
  • Landon Donovan (AQSH) – 58 golli uzatma;
  • Ferens Pushkash (Vengriya) – 53 golli uzatma;
  • Kevin De Bryuyne (Belgiya) – 52 golli uzatma.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lionel Messi 9 ta uchrashuvda 2 tadan ko‘proq gol urgan holda MLS rekordini o‘rnatgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi rekord Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing