Messi “Barselona”ni chempionlik bilan tabrikladi
Sport
−
11 may 606 1 daqiqa
“Barselona”ning sobiq futbolchisi Lionel Messi sobiq jamoasini Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi. Bu haqda argentinalik futbol yulduzi o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Kecha, 10 may kuni Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida “Barselona” o‘z maydonida “Real Madrid”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, muddatidan avval chempionlikni rasman qo‘lga kiritdi. Kataloniya klubi o‘z tarixida 29-bor Ispaniya chempioniga aylandi.
Messi o‘zining Instagram sahifasidagi hikoyasida: “Chempionlar! Yashasin Barsa!” deb yozib qoldirib, o‘zining sobiq jamoasini chempionlik bilan tabrikladi.
38 yoshli futbolchi Ispaniya chempionati, “Barselona” hamda Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Messi 2005-2021 yillar davomida “Barselona” safida to‘p surib, klub bilan 10 marta La Liga va 4 marta UEFA Chempionlar ligasi g‘olibiga aylangan.
Hozirda “Inter Mayami” sharafini himoya qilayotgan Messi o‘tgan yilning dekabr oyida klub bilan MLS chempionligini ham qo‘lga kiritgandi.
Live
Barchasi