Messi “Barselona” prezidentlik sayloviga ta’sir o‘tkazmoqchi – OAV
Sport
−
01 noyabr 5402 1 daqiqa
“Barselona” jamoasining navbatdagi prezidentlik saylovlari uchun nomzodlar tayyorgarlikni boshlab, a’zolarni o‘z tarafdorlari safiga qo‘shish uchun tashviqot ishlarini boshlashdi. Saylovda amaldagi prezident Joan Laportaning nomzodi bor, biroq klubning sobiq futbolchisi Lionel Messi Laportaning saylovda g‘alaba qozonishiga qarshi chiqmoqchi. Bu haqda SI nashri xabar berdi.
“Barselona”ning sobiq vitse-prezidenti Xordi Mestrening so‘zlariga ko‘ra, Lionel Messining nomi kutilmaganda saylov bilan bog‘liq siyosiy muhitda tilga olinmoqda. Messi va uning oilasi Laportadan juda norozi. Ular hanuzgacha Laportadan ranjishadi va saylovda g‘alaba qozonmasligi uchun harakat qilmoqchi.
Argentinalik futbolchiga “Barselona” siyosiy doiralaridagi turli shaxslar murojaat qilgan. Messi esa agar g‘alaba qozonish imkoniyati real bo‘lsa, muqobil nomzodni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan. Nashrga ko‘ra, Viktor Font, Joan Kamprubi Montal, Xavi Vilaxoana va Mark Siriya “Barselona” prezidenti lavozimi uchun asosiy da’vogarlar sifatida ko‘rilmoqda.
Ma’lumot uchun, “Barselona” klubi 2026 yil yozida navbatdagi prezidentlik saylovlarini o‘tkazadi. Ushbu saylovda amaldagi prezident Joan Laporta va bir nechta nomzodlar klub rahbari lavozimi uchun raqobatlashishi kutilmoqda.
Live
Barchasi