Metan “zapravkalar” faoliyati cheklanmoqda
Jamiyat
−
11 dekabr 9632 1 daqiqa
O‘zbekistondagi metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qo‘shni davlatdagi gaz tarmog‘ida kuzatilgan texnik nosozlik tufayli import qilinayotgan tabiiy gaz qisqargan. Shu sababli zarur choralar ko‘rilmoqda. Xususan, birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini (maktab, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, shifoxonalar, oliy ta’lim muassasalari, issiqlik elektr stansiyalari va boshqalar) tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bosh vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu bois, aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’ektlarida tabiiy gaz bosimi pasayishini oldini olish maqsadida mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan reja-jadvallarga asosan metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilmoqda.
“Bu zaruriy choralar vaqtincha bo‘lib, gaz bosimini me’yorga keltirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilayotganini ma’lum qilamiz. Holat haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Live
Barchasi