Sovuq havo sabab energiya ta’minotida texnik cheklovlar bo‘lishi mumkin – vazirlik
Jamiyat
−
16 yanvar 6197 1 daqiqa
Bugun, 16 yanvardan boshlab O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayishi kutilmoqda. Shu sababli Energetika vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda havo haroratining keskin pasayishi munosabati bilan energitika tizimi kuchaytirilgan ish rejimiga o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan yoqilg‘i-energetika tizimi sovuq ob-havo sharoitida barqaror ishlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Elektr, issiqlik va gaz tarmoqlarida qo‘shimcha texnik ko‘riklar o‘tkazilib, ishlab chiqarish va yetkazib berish quvvatlari mavjud sharoitga moslashtirilgan. Mas’ul xizmatlar 24/7 rejimida ish olib bormoqda.
Sovuq kunlarda energiyaga bo‘lgan talab ortadi. Ayrim hududlarda vaqtinchalik texnik cheklovlar bo‘lishi mumkin.
Iste’molchilardan elektr energiyasi va tabiiy gazdan oqilona foydalanish, isitish uskunalaridan tejamkorlik bilan foydalanish tavsiya qilinadi. Uy-joylarda issiqlikni saqlash orqali ham energiya tejaladi, ham xona iliq bo‘ladi. Isitish uskunalarini qarovsiz qoldirmaslik, ulardan foydalanish vaqtida xonada shamollatishni ta’minlash zarur. Dudburon va ventilyatsiya tizimlarining ishlash holati muntazam tekshirib turilishi shart.
Is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida yopiq xonalarda ochiq olov yoki nosoz isitish qurilmalaridan foydalanmaslik, imkon qadar is gazi aniqlagich uskunalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq savol, murojaat va takliflar bo‘lsa, quyidagi aloqa kanallariga murojaat qilish mumkin:
- Elektr ta’minoti bo‘yicha: 1154
- Gaz ta’minoti bo‘yicha: 1104 va 104.
Live
Barchasi