Millionlab muxlislar Mbappening “Real”dan ketishini talab qilmoqda
Sport
−
16:40 2592 1 daqiqa
“Real Madrid” muxlislari fransiyalik hujumchi Kilian Mbappening klubni tark etishini talab qilib petitsiya boshladi. Qisqa vaqt ichida ushbu petitsiya katta rezonansga sabab bo‘ldi – atigi bir kun ichida 12 milliondan ortiq imzo to‘plandi.
Manbaga ko‘ra, mazkur petitsiya kecha, 5 may kuni boshlangan va hozirgi kunga kelib petitsiyani imzolaganlar soni 12,2 milliondan oshgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Mbappening onasi va ayni paytda uning agenti hisoblangan Fayza Lamari “Real Madrid” prezidenti Florentino Peresga ultimatum qo‘yishni rejalashtirgan. Unga ko‘ra, Lamari klubdan Vinisius Juniorning ketishini talab qilmoqchi.
Manbalarga ko‘ra, Mbappe Vinisius va jamoadagi ayrim futbolchilar tomonidan xiyonatga uchragandek his qilmoqda. Biroq hozircha na klub, na futbolchilarning vakillari ushbu ma’lumotni rasman tasdiqlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchilar Mbappening “Barcyelona”ga qarshi bo‘lajak o‘yin oldidan sevgilisi bilan Italiyaga qilgan safaridan norozi bo‘lmoqda.
Ma’lumot uchun, Mbappe 2024 yildan beri “Real Madrid” safida o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda u “qirollik klubi” safida 41 ta o‘yinda 41 ta gol urdi.
Live
Barchasi